16 May 2022 yil 341

Shahrixon tumanida “Xonadonbay”, “Oilabay” va “Fuqarobay” ishlash tamoyili asosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

Avval xabar qilganimizdek, 2021 yilning 31 dekabr kuni Andijon viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan «2022 yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha» Qo‘shma Dastur asosida shahar-tumanlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu Qo‘shma Dastur hamda shu yilning 05 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik B.T.Abdullayevning videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB, XPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik G.A.Abduvoxidova boshchiligida Shahrixon tumanida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-12 may kunlari Shahrixon tumanida “Xonadonbay”, “Oilabay” va “Fuqarobay” ishlash tamoyili asosida kelgusida xotin-qizlar, oila-turmush doirasidagi jinoyat yoki huquqbuzarliklarning sabablari va omillarini erta aniqlash va oldini olish, mahallalarda uyma-uy yurib profilaktik tadbirlar o‘tkazish maqsadida 76 ta ishchi guruhlari shakllantirilib, ularga qo‘llanmalar berilib, biriktirilgan mahallalarga yuborildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech