Shahrixonda OIV infeksiyasi kasalligini qasddan yuqtirib yurgan fuqaro qoʻlga olindi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQB, Andijon viloyati IIB JQB va Shahrixon tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Shahrixon tumani fuqarosi erkak S.M Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2020-yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan boʻlib, oʻzida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish Oʻzbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.
Mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan fuqaro S.M ayollar Boʻston tumanida yashovchi M.D, Shahrixon tumanida yashovchi Y.Shlar bilan bir necha bor betartib jinsiy aloqada boʻlib OIV infeksiyasini yuqtirganligi aniqlandi. Shuningdek, Buloqboshi tumanida yashovchi ayol R.N bilan ham bir necha bor betartib jinsiy aloqada boʻlib, uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan, Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan S.Mga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati