Shahrixon tumani IIB xodimlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan katta eʼtibor tufayli ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar ham turli musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Bunday natijalarga erishishda esa xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobatga asoslangan, yakka va jamoviy turdagi sport bellashuvlarini muntazam o‘tkazilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni ijrosini taʼminlash hamda xodimlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida 28 iyul kuni Shahrixon tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turnirda g‘oliblik uchun 6 jamoa o‘zaro bahs olib bordilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakunida faol ishtirok etgan xodimlar va g‘olib jamoaga bo‘lim boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xiz