Shahrixon tumani IIBning bir guruh xodimlari “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar
Pandemiyaga qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamoat tartibini saqlashda mardlik va jasorat ko‘rsatgan Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limining 15 nafar xodimi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, koronavirus pandemiyasining oldini olish, unga qarshi kurashish va xalqimiz salomatligini muhofaza qilishda huquq-tartibot idoralari, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari ham munosib ishtirok etmoqdalar.
Shu sababli ham kasbiga sadoqatli, fidoyi insonlarning mehnati munosib e'tirof etilmoqda. Taqdirlangan xodimlar o‘z xizmat faoliyatlari davomida Prezidentimiz bildirgan yuksak ishonchni oqlab, bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga va'da berdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati