Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro marhum otasidan qolgan ov qurolini ixtiyoriy ravishda topshirdi
2021 yil 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida, Shahrixon tumani, Oq to‘nlik MFY da yashovchi fuqaro Mashrapov G‘ayratjon Maxamatjonovich o‘zining yashash xonadonidan marhum otasi, Mashrapov Maxamatjonga tegishli bo‘lgan, 1960 yilda ishlab chiqarilgan, IJ-17 rusumli, 16 kalibrli, 1 quvirli, № G 20150 raqamli ov qurolini topib olib, o‘z ixtiyori bilan viloyat IIBga taqdim qildi.
Shu o‘rinda ov qurollari saqlanishi tartib-qoidalarini yaxshi tushungan fuqarolarimiz qonunga rioya qilib, o‘z xohishlari bilan o‘qotar qurollarni davlat egaligiga topshirayotganligini ham alohida taʼkidlab o‘tishni o‘rinli deb bilamiz. Har bir yurtdoshimiz o‘z uyida noqonuniy tarzda ov quroli saqlanayotgan bo‘lsa, uni ichki ishlar idorasida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarurligini unutmasligi kerak! Zero, qonunga rioya qilish, ehtiyotkorlik bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati