23 Noyabr 2021 yil
627
Shahrixon tumanida “Playsation 4” qurilmasini o‘g‘irlaganlar jinoiy javobgarlikka tortildi
2021-yil 5-noyabr kuni soat 16:20 larda Andijon shahrida yashovchi M.B va S.I.lar o‘zaro jinoiy til biriktirishib, Shahrixon tumanida yashovchi T.S.ga tegishli “Playstation” o‘yingohiga kirishib, u yerdan narxi 3.000.000 so‘mlik “Playstation 4” qurilmasi va 2 dona pultlarini o‘g‘irlab ketishgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati