23 Iyun 2020 yil 968

Shahrixon tumanida tazyiqqa uchragan ayollarga himoya orderlari berildi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi alohida nazoratga olingan. Oilada tazyiqqa uchragan ayollarga "Himoya orderi" berilishi belgilangan. Bu borada Andijon viloyati, Shahrixon tumani IIB tomonidan ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Shahrixon tumani, Buvaydo MFYda yashovchi oilaviy nizolangan fuqaro M.Yu turmush o‘rtog‘i S.A ga tazyik va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun kelgusida ular o‘rtasida oila va turmush doirasida og‘ir va uta og‘ir jinoyatlarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida profilaktik ishlar olib borilib, tuman IIB XPB TP profilaktika inspektori kapitan F.Alyorov va XPB  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor S.Mamatkulovalar tomonidan himoya orderi berildi.

Shuningdek, tumanning Tegirmonboshi MFYda  yashovchi nizolanayotgan oila N.O va kizi X.N.ga  hamda Teraktagi MFYda yashovchi  fuqaro M.O va   M.D.larga ham tazyik va zo‘ravonlikdan himoya qilish maksadida himoya orderlari berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech