Shahrixon tumanida o‘tkazilayotgan “Zarbdor o‘n kun” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Shahrixon tumani hududida o‘tkazilayotgan “Zarbdor o‘n kun”tezkor-profilaktik tadbiri doirasida tuman IIB Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish xavfini aniqlash va bunga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishni yanada faollashtirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, tadbirga jalb etilgan viloyat IIB Probatsiya boshqarmasi va tuman Probatsiya guruhi masʼul xodimlari tomonidan jami 155 nafar hisobda turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilib, 62 nafar axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. 36 nafar ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarni sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarga amal qilayotganligi bo‘yicha yashash xonadonlarida tungi tekshiruvlar olib borildi. 2 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga amal qilmaganlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, 4 nafar shartli hukm qilish jazosiga tayinlangan hamda 14 nafar muayyan huquqdan mahrum qilingan jazosi tayinlanganlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Olib borilgan profilaktik suhbatlar davomida nazorat ostidagi shaxslarni qayta jinoyat sodir etish xavfini aniqlash va bunga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik ogohlantiruv suhbatlari olib borildi.
Shahrixon tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turib, sud tomonidan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosiga amal qilmay, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 1 nafar fuqaroning jazosi ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudiga taqdimnoma kiritildi.
Hozirda nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati