17 Fevral 2022 yil 402

Shahrixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan “Zarbdor o‘n kun” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 16 fevral kunidan Shahrixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan “Zarbdor o‘n kun” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.Tadbirga jami 90 nafar xodimlar jalb etilib, bir qator ishlar amalga oshirilyapti.

Xususan, tumanda mavjud jami 295 ta obyektlar tekshirilib, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida 54 ta uchrashuvlar o‘tkazildi. Tuman IIBda 78 nafar profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi.

Tadbir davomida ov quroliga ega bo‘lgan 31 nafar ovchilarni yashash xonadonlariga borilib, ularning ov qurollarini saqlanish holatlari o‘rganildi.

Jamoat joylarida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish borasida 54 marotaba profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Shahrixon tumanining Mullaboy, Vaxim, Buvaydo va Besh mahalla mahallalari hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llarida qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, viloyati IIB YHXB YPXB safarbarlik guruhlaridan reyd tadbiriga jami 10 nafar YPX inspektorlari jalb etilib, ular tomonidan jami 97 ta maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi natijasida 61 ta avtotransport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchalariga qo‘yildi. Ulardan 46 nafari tegishli hujjatlari bo‘lmay turib avtomashina boshqarganligi,  1 ta mast xolda boshqarganligi, 13 ta oyna tusini ruxsatsiz qoraytirganligi, 1 ta  yo‘l harakati xizmati xodimiga bo‘ysunmaganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan Probatsiya nazoratiga olingan shaxslar bilan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida 47 nafar hukm qilingan shaxslar tegishli tartibda tekshirilib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. 1 nafar mahkumni jazosi og‘irroq jazo turiga almashtirildi.

JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, 2 ta jinoyat aniqlandi.

Tuman IIB MvaFRG xodimlari tomonidan fuqarolarga 30 ta ID-kartalar hamda 80 ta xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirildi.

Tekshiruv davomida noqonuniy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aniqlanmadi.

Hozirda tuman hududida tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech