Shaxsiy tarkib doimo ruhiy qo‘llab-quvvatlanadi
Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi masʼullari tomonidan shaxsiy tarkibni axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarni xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli salbiy holatlardan himoya qilish maqsadida psixodiagnostika o‘tkazdilar.
Shuningdek, jarayonda boshqarma masʼullari va psixolog-mutaxassislar tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida stressli vaziyatlar va o‘z hayotini xavf ostida qoldirish bilan bog‘liq holatlarda o‘zini tutish, muomala madaniyatini shakllantirish, nizoli holatlarda yo‘l tutishning muhim jihatlariga oid mavzularda maʼruzalar o‘qildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati