30 Iyun 2023 yil 819

Shaxsiy tarkib ishtirokida treninglar o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari shaxsiy tarkibni axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarni xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli salbiy holatlardan himoya qilish maqsadida psixodiagnostika o‘tkazdilar.

Shuningdek, jarayonda boshqarma masʼullari va psixolog-mutaxassislar tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida treninglar o‘tkazildi. Jarayonda xodimlarni stressli vaziyatlar va o‘z hayotini xavf ostida qoldirish bilan bog‘liq holatlarda o‘zini tutish, muomala madaniyatini shakllantirish, nizoli holatlarda yo‘l tutishning muhim jihatlariga oid tushunchalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: