Shubhali shaxsning yonidan “gashish” giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olindi
Joriy yilning 13-iyul kuni viloyat IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan Andijon shahrida tezkor-tadbir o‘tkazildi.
Yuksalish ko‘chasi hududidagi tadbir davomida Andijon shahrida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan Q. S shubhali harakatlari bilan xodimlarning eʼtiborini tortdi. Shubhali shaxs to‘xtatilib, unga yonidagi narsa va buyumlarni o‘z ixtiyori bilan taqdim etishi lozimligi tushuntirildi. Jarayonda Q.S dan og‘irligi 0.48 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati