3 Iyul 2023 yil 548

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh munosib yoshlar saralab olindi  

Yoshlarni taʼlim muassasalariga o‘qish uchun saralash hamda test sinovlaridan adolatli o‘tkazish muhim shartlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyrug‘iga asosan Andijon viloyatida ham “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga qabul qilish jarayonlari yuksak saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Andijon viloyati IIB MMI va KBXT mutaxassis-psixologlari tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish istagida bo‘lgan yoshlardan ularni psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan test sinovlari olindi. Dastlab nomzodlarning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, nomzodlarning mantiqiy fikrlashi va matematik amallarni qanday darajada o‘zlashtirganligi, xarakter xususiyati normalari shakllanganligi aniqlandi. Yakuniy xulosaga ko‘ra sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh munosib yoshlar saralab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech