1 Dekabr 2022 yil 467

Sotilayotgan 2200 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositasi to‘xtatib qolindi

Shahrixon tumani IIB TEQKB boshlig‘i tomonidan tuman hududida diniy muhit baqkarorligini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida, 1998 yilda Shahrixon tumanida tug‘ilgan fuqaro S.M.ni Shatrixon tumani Markaziy dehkon bozori oldida joylashgan “Titanik” savdo majmuasi oldida Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalarini olib kelib sotayotganligi to‘g‘risida tezkor maʼlumot olindi.

Olingan maʼlumot bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirlar davomida S.M ushlanib, uning ixtiyorida bo‘lgan 40 dona qutidagi jami 2200 dona «Britanik» nomli pirotexnika vositalari ikki nafar xolislar ishtirokida kelgusida tekshirib ko‘rishlik maqsadida tuman IIB ixtiyoriga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech