21 Iyun 2023 yil 1736

Sumkaga yashirilgan “og‘u”

2023-yilning 13-iyun kuni soat 21:00larda Buloqboshi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Xo‘jaobod tumani hududida harakatlanib ketayotgan N.A.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashina va uning salonida bo‘lgan fuqarolarning yoni ko‘zdan kechirilganda Buloqboshi tumanida yashovchi ayol A.G.ga tegishli sumka ichidan og‘irligi 243,58 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.G protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech