7 Fevral 2023 yil 192

Tanishining pullarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lgan kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023-yil 5-fevral kuni soat 21:00 larda Marhamat tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan K.O tanishi Farg‘ona viloyatida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan K.T boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini yo‘lini to‘sib, uning 3.800.000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan olib, voqea joyidan ketib yuborgan. Ko‘rilgan choralar natijasida K.O ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech