28 Dekabr 2022 yil 321

Temir darvoza yasab berishlikni aytib firibgarlik sodir etgan shaxs endi qonun oldida javob beradi

Fuqaro A.A 2022-yil 25-may kuni soat 10:43 larda o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida T.B.ning ishonchiga kirib, unga relsli temir darvoza va darvoza uchun soyabon yasab berishligini aytib, dastlabki to‘lov sifatida 6.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini, shuningdek, 29-iyun kuni darvoza soyabonini tayyorlash uchun 6.480.330 so‘mga teng miqdordagi 600 AQSH dollari jami 12.480.330 so‘mga teng miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, fuqaro A.A.ga Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan ayblov eʼlon qilingan hamda dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun Baliqchi tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech