Tezkorlik - xizmat samaradorligi omili
“Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga kelib tushayotgan jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tergovga qadar tekshirish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorlarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 1 fevral kungi qo‘shma qarorining mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish borasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida bir qator amaliy ishlar olib borilyapti.
Xususan, ushbu qo‘shma qarorning aniq va bir hilda ijro etilishini taʼminlash maqsadida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va Tashkiliy boshqarma masʼul rahbarlari tomonidan shahar va tuman IIB Navbatchilik qismi va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xodimlariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
2021 yil 19 fevral kunidan boshlab, Andijon viloyatida jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va qayd etishning avtomatlashtirilgan “102” axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.O‘quv mashg‘ulotlari davomida xodimlarga Andijon viloyati IIBning “102” yagona telefon raqami bo‘yicha kelib tushayotgan jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tergovga qadar tekshirish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha tushunchalar berilib, savol-javob tariqasida o‘tkazilib kelinmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati