18 Yanvar 2023 yil 395

Tilla-taqinchoq o‘g‘rilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 13-yanvaridan 14-yanvar kuniga o‘tar kechasi Andijon shahrida yashovchi Sh.A va M.Sh.lar o‘zaro jinoiy til biriktirishib, Chamanzor ko‘chasida yashovchi X.O.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, yotoqxonasidan jami narxi 46.500.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech