“Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi
Andijon viloyatining barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida pirotexnika vositalarining oldi-sottisi bilan bog‘liq bir qator holatlarning oldi olinmoqda.
Xususan, shu yilning 14 dekabr kuni Andijon viloyati IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi xodimining bergan maʼlumoti asosida, Marhamat tumani IIB JQB xodimi hamda hududiy profilaktika inspektori tomonidan tumaning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro I.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 600 qutida jami 36 ming dona "Britanik" nomli Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan pirotexnika vositalari chora ko‘rishlik uchun Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati