12 May 2023 yil
380
Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining maʼnaviyat marshruti “Jomeʼ” meʼmoriy majmuasi hamda Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo‘ld
“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari “Jomeʼ” meʼmoriy majmuasi hamda Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Bu yerda ular viloyatimiz o‘tmishdagi tarixi, yuksalish pog‘onalari, va o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan buyumlar va asori atiqalarni ko‘zdan kechirishdi hamda shu kabi qiziqarli maʼlumotlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati