19 May 2021 yil 502

“Tun” tadbiri davomida Andijon shahar IIOFMB Probatsiya bo‘limi hisobidagi turgan shaxslar yashash xonadonlarida tekshirilmoqda

Andijon shahri hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida “Jinoyatdan holi shahar” zarbdor 10 kunligi tadbirlari jarayonida Andijon shahar IIOFMB Probatsiya bo‘limi hisobidagi Ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarni sud tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga qay tarzda amal qilayotganliklarini tekshirish maqsadida, Probatsiya xodimlari tomonidan “Tun” tadbirlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan 3 kunlik tungi tadbirlar jarayonida, Andijon shahar IIOFMB Probatsiya bo‘limi nazoratidagi 199 nafar ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslarning 157 nafarining yashash xonadonlariga tungi vaqtlarda borib tekshirildi.

Tekshiruv jarayonida 10 nafar nazoratdagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmay kelayotganliklari aniqlanib, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bu boradagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech