11 Noyabr 2021 yil
529
Uy olib berishni vaʼda qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021 yil aprel oyida fuqaro M.M. Andijon tuman Nayman MFYda yashovchi N.Q.ni aldab ishonchiga kirib, Andijon tumani “Oq-yor” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan olib berishini vaʼda qilib, uyning dastlabki to‘lovi sifatida 2.600 AQSH dollarini olgan. Yakunda esa unga hech qanday uy olib bermasdan, pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati