18 Iyul 2023 yil
381
Uyining tomida tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Izboskan tumani IIB JQB va XPB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida To‘rtko‘l mahallasida yashovchi G.N.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida uyining tom qismida og‘irligi 49 grammni tashkil qilgan tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligini saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati