Ulug‘nor tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida davra suhbatlari tashkil etilmoqda
Ulug‘nor tumani IIB boshlig‘i X.Abdurahmonov tashabbusi bilan sektor hududidagi umumtaʼlim maktablarida “Ikkita til bitta hunar” shiori ostida davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda rus tili, ingliz tili hamda texnologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida o‘quvchilarni chet tillarida qanchalik bilimga ega ekanliklari, shuningdek bo‘sh vaqtlarida qanday hunar bilan mashg‘ul bo‘lishlari baholanmoqda.
Jumladan, suhbat davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflarni joyning o‘zida hal etish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, sektor rahbari tomonidan yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibatlari haqida ham batafsil maʼlumotlar berib borilyapti.
O‘tkazilayotgan bu kabi davra suhbatlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga doimiy jalb qilish va eng asosiysi ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olishdir.
Hozirda bu kabi profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati