19 Iyun 2021 yil 533

Ulug‘nor tumani IIB xodimlari tomonidan  aholi orasida o‘g‘irlik va firibgarlik  jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan  targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  rahbariyatining tegishli ko‘rsatmasiga asosan o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida Andijon viloyatining barcha tuman-shaharlarida aholi o‘rtasida keng qamrovli  targ‘ibot-tashviqot ishlari  davom ettirilmoqda.

Xususan, Ulug‘nor tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan   savdo do‘konlari hamda boshqa jamoat joylarida sodir etilgan o‘g‘irlik va firibgarlik  bilan bog‘lik jinoyatlarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi muhit yaratish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolarga targ‘ibot bukletlari tarqatilmoqda.

Hozirda bu boradagi profilaktik va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech