8 Yanvar 2024 yil 2591

Ulug‘nor tumanida Andijon viloyati 3-sektorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Sayyor qabulni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik A.T.Raxmanov o‘tkazdi.

Qabulda 22 ta turli masaladagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam olish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 4 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech