25 Aprel 2020 yil 963

Ulugʼnorda 77 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi

Аndijon viloyati IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi Ulugʼnor tumanidagi qarovsiz holda turgan bogʼdorchilik fermer xoʼjaliklariga qarashli yer maydonlari hamda aholi tomorqalarini oʼrganib chiqdi. Oʼrganishlar davomida aniqlangan qarovsiz yer maydonlari tumanda istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolarga ekin ekish uchun vaqtincha ajratib berildi.

Jumladan, Oq-oltin massivi xududida joylashgan “Idris bobo yongʼoqlari”  fermer xoʼjaligiga qarashli 4,2 gektar bogʼdorchilik uchun ajratilgan yer maydoniga ekin ekilmaganligi sababli, shu kunning oʼzida  ekin ekib foydalanish uchun Ulugʼnor tumani, Shahriobod va Bobur MFYlarda istiqomat qiluvchi ishsiz yurgan 13 ta oilaga 35 sotixdan  vaqtinchalikka boʼlib berildi.

Shuningdek,Ulugʼnor tumani, Shahriobod MFYda yashovchi Joʼraev Nurilloga tegishli 25 sotix, Xusaenov Аbobakirga tegishli 20 sotix, Rayimov Jamoldinga  tegishli  20 sotix jami 65 sotix tomorqa maydonlari uzoq vaqtdan buyon foydanilmay kelinayotganligi aniqlanib, ushbu tomorqa ekin maydonlari 15 ta oilaga  ekin ekib foydalanish uchun vaqtinchalik ajratib berildi.Buning natijasida 28 ta oiladagi 77 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech