6 Dekabr 2021 yil
504
Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda fuqaroning yonida “GASHISH” borligi aniqlandi
2021-yil 3-dekabr kuni soat 19:30 larda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi U.S. Qorasuv shahar, Paxtachi MFY hududida o‘zini shubhali tutganligi sababli to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda egnidagi shimining o‘ng cho‘ntagidan 2 dona “Lirika” tabletkalari va sellofan paketga solingan og‘irligi 0,32 gramm “GASHISH” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan hamda daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati