11 Yanvar 2022 yil 346

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar olib borilmoqda  

2022-yil 10-yanvar kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan davra suhbati tashkil etildi. Dastlab, yig‘ilganlar karantin qoidalariga jiddiy eʼtibor qaratish bo‘yicha ogohlikka chaqirilib, ularga tibbiy niqoblar taqdim etildi.

Suhbatning asosiy qismida yurtimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha so‘z bordi. Barcha hodisalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, mazkur holatlar bo‘yicha tayyorlangan, yana-da to‘liq maʼlumotlar hamda voqeaga oid tasvirlari aks etgan videolavha namoyish etildi.  

YHXB inspektorlari suhbat ishtirokchilarini yo‘l qoidalariga amal qilishga, tezlikni oshirmaslik, spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda avtomobil boshqarmaslik haqida ogohlantirib, ularning har birini oilasi va yaqinlari kutishini, ularning bag‘riga salomat yetib borishlari hammasidan muhim ekanini eslatib o‘tdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech