Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Probatsiya guruhi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudi hamkorligida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
“Zarbdor oyligi” doirasida shu yilning 05 mart kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Probatsiya guruhi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudi hamkorligida sayyor sud o‘tkazildi. O‘tkazilgan sud jarayonida Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turib jazo o‘tayotgan 4 nafar axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan nazorat ostidagi shaxslar hamda 1 nafar muayyan huquqdan mahrum qilingan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan ozod etildi.
Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, jazo o‘tash tartib qoidalarini amal qilmay kelayotgan 1 nafar nazorat ostidagi shahsga nisbatan tayinlangan sud hukmi og‘irroq turdagi jazo yaʼni ozodlikni cheklash jazosi bilan almashtirildi. Ozodlikni cheklash jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan, sud tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarmay kelayotgan 1 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazo turi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati