20 Noyabr 2020 yil 777

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB tashabbusi bilan tuman bo‘ylab jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tungi reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, tuman IIB rahbariyati tomonidan har bir hududga alohida guruh biriktirilib, tumandagi video o‘yingohlar, turli ko‘ngilochar  maskanlar faoliyati, spirtli ichimliklar do‘konlari va boshqa turdagi joylar mavjud tartiblarga asosan nazoratdan o‘tkazilishi, karantin tartiblariga amal qilishni tartibga solish hamda bemaqsad ko‘chada bo‘lgan fuqarolarni ro‘yhatdan o‘tkazish belgilab berildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 50 dan ortiq fuqarolar, asosan o‘smirlar va belgilangan vaqtda kunlik faoliyatini tugatmagan spirtli ichimliklar do‘konlari egalari, shu jumladan do‘konda bo‘lgan haridorlar, maqsadsiz ko‘chada bo‘lgan fuqarolar tegishli tartibda ogohlantirildilar. 

Shuningdek, qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat savdo do‘konlari egalari bo‘lgan tadbirkorlar, IIB mas'ullari tomonidan kuzatuv kamerasidan foydalangan holda faoliyat ko‘rsatishga va qo‘riqlash xizmatidan foydalanishga chaqirildi.

Bu kabi nazorat tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech