7 Oktyabr 2021 yil
614
Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan velosiped o‘g‘irligi fosh etildi
Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 11:30 larda fuqaro G‘.K tumanning Xonko‘cha MFY, Andijon ko‘chasida joylashgan “Ishonch” do‘konlar tarmog‘i tuman filialiga tegishli bo‘lgan narxi 1.700.000 so‘mlik velosipedni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati