15 Iyun 2023 yil 305

Qo‘rg‘ontepa tumanida taqiqlangan o‘simliklarni parvarishlagan hamda “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi  

2023 yilning 1-iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida Qutqar MFYda yashovchi O‘.S.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganida, tomorqasiga 22 tup “nasha” o‘simligini parvarish qilayotganligi hamda og‘irligi 4,17 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.    

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech