Qo‘shmachilik faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 24 iyun kuni soat 21:30 larda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jalaquduq tumanida ro‘yxatda turib, Andijon shahrida ijarada yashovchi fuqaro I.M shu joyda fohishaxona tashkil qilib, Farg‘onalik M.T.ni 100.000 so‘m pullar evaziga shahvoniy xirslarini qondirish maqsadida kelgan mijozlarga qo‘shib berish orqali daromad topayotganligi aniqlangan. Voqea joyidan daliliy ashyo sifatida 100.000 so‘m pullar olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati