13 Iyul 2021 yil
565
Qo‘shnisining kompyuterini o‘g‘irlaganlar aniqlandi
Shahrixon tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida joriy yilning 25 iyun kuni soat 15:00 larda shu tumanda yashovchi A.A va R.A.lar qo‘shnisi X.Yo.ning yashash xonadonida xech kim yo‘qligidan foydalanishib, u yerdan 1 dona “Lenovo” rusumli noutbuk kompyuterni o‘g‘irlab ketishganligi, shuningdek, ushbu kompyuter apparatini sotishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati