5 May 2023 yil 457

O‘quvchi yoshlarning turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmasliklarini oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 4 may kuni  Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘quvchi yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Ismoilov hamda boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar  yosh avlodni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari taʼsiridan himoya qilish, internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish masalalariga to‘xtalib, unga qarshi kurashishda barcha, ayniqsa, yoshlar faol bo‘lishi lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning diniy ekstremizm yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar tub ildizigacha tahlil qilinib, ularning achchiq qismati aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

Uchrashuvda ishtirok etganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

Hozirda bu kabi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech