12 Iyun 2023 yil 1691

Uy sotgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

S.N o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan K.J.ga Izboskan tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning to‘rtinchi qavatida joylashgan 2 xonali uyni 7.500 AQSH dollariga sotishga kelishib, mazkur pullarni J.K.dan olganidan so‘ng uyni uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, qo‘lga kiritilgan pullarini shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech