15 Noyabr 2021 yil 431

Andijon shahrida uyali aloqa vositasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni soat 21:30 larda Andijon tumanida yashovchi fuqaro Y.E Andijon shahri 3-kichik dahada joylashgan “Troya” kafesi yonida fuqaro A.L.ning ishonchiga kirib, undan foydalanish uchun “Redmi-4X” rusumli telefon apparatini firibgarlik yo‘li bilan olgan hamda uyali aloqa vositasini qaytarib bermasdan voqea joyidan ketib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Qonunlarga beeʼtibor bo‘lmagan inson hech qachon firibgarlik holatga tushib qolmaydi. Ochig‘i, firibgar qo‘shnimiz yoki do‘stimiz bo‘lishi ham mumkin. Biroq loqayd bo‘lmasdan o‘z vaqtida ana shunday shaxslar qilmishiga chek qo‘yilishiga hissa qo‘sha olsak, avvalo, bir kishini kutilmagan talafotdan qutqarib qolamiz, eng muhimi, fuqarolar osoyishtaligi va jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.  Firibgardan ogoh bo‘ling! 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech