8 Dekabr 2020 yil 783

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Andijon akademik liseyida Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Andijon akademik liseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda akademik lisey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni akademik lisey direktornining ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.N.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi, O‘zbekistonning xalqaro maydonda  munosib o‘rin egallashida  mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini ta'kidlanib,  yig‘ilganlarning barchasi bayram bilan muborakbod etildi.

Shuningdek, Respublika fan olimpiadalari shahar bosqichi hamda "Konstitusiya-baxtimiz qomusi" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan adabiy kompozisiyalar, videoroliklar, konstitusiyamizni madh  etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Barcha chiqishlarda qomusimizning xalqchilligi, dunyo Konstitusiyalari ichida nufuzga ega ekanligi e'tirof etildi. Axborot-resurs markazi tomonidan kitob ko‘rgazmalari ham tashkil qilindi.

Bundan tashqari guruhlar tomonidan mavzuga oid devoriy gazetalar tayyorlandi. Tadbir yakunida " Konstitusiya-baxtimiz qomusi" tadbirida faol ishtirok etgan bir guruh o‘quvchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech