7 Iyun 2021 yil 1078

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!”konseptual g‘oyasi mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 05 iyun kuni Andijon Davlat Universitetida viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!”konseptual g‘oyasi mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Ya.Mexmonov, IIV O‘z xavfsizlik  boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i A.Isaqov, viloyat IIB boshlig‘i maslahatchisi O.O.Yuldashevlar ishtirok etishdi. Dastlab xizmat vakolatini suiisteʼmol qilib xato yo‘lni tanlagan va aksincha xizmat qasamyodiga sodiq qolib o‘z burchini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlar faoliyatiga bag‘ishlangan taʼsirchan videorolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng,  tadbirga yig‘ilgan ota-onalar bilan hamisha farzandlarining qilayotgan ishlaridan, harakatlaridan xabardor bo‘lishlari, poraxo‘rlik-tamagirlik yoki boshqa turdagi egri yo‘llarga kirib ketmasliklari uchun o‘zlarining pand-nasihatlarini ayamasliklari yuzasidan atroflicha muloqot olib borildi.  

Shuningdek, xodimlarga xizmat paytida qonun doirasidan chetga chiqmaslik, fuqarolarga xushmuomala munosabatda bo‘lish, qo‘pol xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yana bir bor tushuntirilib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida o‘z xizmat vazifasini vijdonan ado etib safdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari taqdim etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh fuqarolarga hamda 16 yoshga to‘lib birinchi marotaba O‘zbekiston Respubliikasi fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan yoshlarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech