27 Avgust 2022 yil 373

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi boʻlib oʻtdi

Andijon viloyati IIBning maʼrifat zalida boʻlib oʻtayotgan “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsining avvalida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.

Shundan soʻng kun tartibiga asosan “Qatagʻon qurbonlari – Istiqlol fidoyilari” mavzusida Andijon davlat universiteti, Tarix fakulteti, Oʻzbekiston tarixi kafedrasi Dotsenti Hoshimov Soyibjon tomonidan xodimlarga maʼruza qilindi.

Dars davomida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida ijtimoiy koʻmakka muhtoj xodimlarga moddiy yordam pullari topshirildi.

Xodimlarning maʼnaviy va maʼrifiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida videorolik hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “TAHLILNOMA” koʻrsatuvi namoyish etildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech