5 Fevral 2021 yil
618
Voyaga yetmagan shaxslarga noqonuniy diniy saboq berish holati bo‘yicha sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 04 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sud muhokamasida, 2021 yilning yanvar oyida Andijon viloyati IIB TEQKB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan Andijon shahar hududida noqonuniy ravishda voyaga yetmagan shaxslarga diniy taʼlimdan saboq berish holati yuzasidan, maxsus ruxsatnoma olmasdan turib diniy bilim berib kelayotgan 4 nafar fuqarolarga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallari ko‘rib chiqildi.
Sayyor sud majlisi yakunida fuqarolar X.S A.R va X.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 241-moddasi bilan 10 sutkadan, G‘.U.ga esa 8 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati