Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.B.Ismanovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan hisoboti tinglandi.
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi tadbirlar yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu borada, ichki ishlar organlariga ko‘maklashuvchi tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda monitoring qilgan holda o‘rganib borilishi va muhokama qilishini lozimligiga to‘xtalib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: