14 Iyun 2023 yil
365
Xitoydan tikuv mashinasini sotib olish uchun 15 ming AQSH dollari olgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon shahrida yashovchi M.A toshkentlik B.A.ni aldab, osongina ishonchiga kiradi va Xitoy Xalq Respublikasidan tikuv mashinalari olib kelib, sotish evaziga olgan pullarini qaytarishligi xususida aytadi.
Yakunida hojatbaror B.A.dan 15.000 AQSH dollarini olib, ushbu mablag‘ evaziga tikuv mashinalarini mamlakatimizga keltirdi. Biroq M.A tikuv mashinalarini sotib yuborgan bo‘lsa-da, pullarni B.A.ga qaytarib bermasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati