12 Iyul 2022 yil 469

Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi ham yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi R.Jaloldinov tumanning “Manak” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi pedagogika kolleji binosida oʻzi rahbarlik qilayotgan 3-sektor hududidagi mahalla yoshlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Jumladan, ushbu uchrashuvda uyushmagan yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari koʻrildi.

Muloqot jarayonida sektor rahbari tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech