14 Iyul 2022 yil 473

Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi R.Jaloldinov “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” doirasida tumanning "Faqirqishloq" MFYda 3-sektordagi 3 ta MFYdan yigʻilgan uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda tuman hokimining oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda tumandagi barcha tashkilot, korxona rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka, kasb-hunarga yoʻnaltirish kabi dolzarb masalalar koʻrildi.

Shuningdek, muloqot jarayonida yoshlarning muammolari, ular bildirgan taklif va murojaatlarning aksar qismi shu joyning oʻzida hal etildi. Maʼlum muddat talab qiladigan masalalarni ijobiy hal etish boʻyicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga kerakli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Bunday uchrashuvlar barcha hududlarda reja grafik asosida oʻtkazilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech