Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudi hamda tuman IIB huzuridagi тergov guruhi hamkorligida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” va “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi
Xo‘jaobod tumani hokimligida Andijon viloyati sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudi, Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudi sudyalari, tuman prokuraturasi hamda tuman IIB huzuridagi тergov guruhi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi”, “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovchisi mayor N.Sodiqov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuniy bo‘lgan – Konstitutsiyaning ijtimoiy hayotimiz hamda jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi poydevor hujjat ekanligini, unda shaxsning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlardan foydalanishning taʼminlanganligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudi raisi M.Turdiyeva tomonidan Konstitutsiya eng muhim ijtimoiy munosabatlarni belgilovchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat bo‘lgani uchun ko‘plab normalari boshqa huquq sohalarining kelib chiqishi uchun asos bo‘lganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 27-noyabrdagi “Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharlovchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 33-sonli Qarori mazmun mohiyatini tumanda faoliyat yuritayotgan dorixona rahbarlari va sotuvchilariga tushuntirib, ularning savollariga atroflicha javoblar berdi.
Davra suhbati davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudi va Xo‘jaobod tumani iqtisodiy sudi raislarining “9 dekabr butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tayyorlangan maʼruzalari tinglandi. Xususan, maʼruzalar davomida bugungi kunda korrupsion jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslarning harakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan hamda pora beruvchining o‘zini ham aybdorlik masalasi sudlar tomonidan ko‘rilayotganligi, oila, maktab va jamoalarda ushbu illatga qarshi muntazam ravishda kurashish muhitini shakllantirish lozimligi, har bir korrupsion jinoyatlar haqida xabardor bo‘lgan shaxs ushbu holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari kerakligi taʼkidlab o‘tildi.
Bundan tashqari, tadbirda Andijon viloyati sudi sudyasi Ch.Ismoilova ham so‘zga chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini hamda ushbu illatga qarshi barchamiz birga kurashishimiz zarur ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida davra suhbatida tushuntirilgan masalalarning mazmun mohiyati barcha ishtirokchilarning oila aʼzolariga va jamoadoshlariga yetib borishi kerakligi, kuchli taʼsir quluvchi moddalar bilan qonunda belgilangan tartibda muomalada bo‘lish zarurligi taʼkidlanib, qayd etilgan masalalarga qatʼiy va og‘ishmay rioya qilinishi yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati