29 Aprel 2022 yil 399

Xo‘jaobod tumani IIB tashabbusi bilan o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 25 nafar fuqaro ishga joylashtirildi

Joriy yilning 28-aprel kuni Xo‘jaobod tumanida tuman IIB boshlig‘i tashabbusi bilan aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida ishga joylashtirish bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasiga IIB tomonidan tumanda 57 nafar ishsiz va band bo‘lmagan xotin qizlar hamda yoshlar ishtiroki taʼminlandi. Mazkur yarmarkada 46 ta tashkilot, korxona va muassasalar o‘zlaridagi 813 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Natijada 25 nafar ish bilan band bo'lmagan fuqarolar ishga joylashtirildi hamda 32 nafar fuqarolarga yo‘llanmalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech