Xo‘jaobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qalbaki pullar ishlab chiqargan shaxs qo‘lga olindi
Xo‘jaobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan fuqaro M.I.ning arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1991-yilda tug‘ilgan A.A joriy yilning 23-yanvar kunidan 10-fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida “HP-2320” rusumli rangli printerda DU 2220006 seriya raqamli 100.000 so‘mlik kupyura, SA 0292422 seriya raqamli 200.000 so‘mlik kupyuradagi 14.200.000 so‘m, DZ 0254498 seriya raqamli 100.000 so‘mlik kupyuradagi 4.900.000 so‘m jami 19.100.000 so‘m soxta o‘zbek pullarini nusxa ko‘chirish yo‘li bilan tayyorlaganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati